Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, badanga shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, badanga shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha qilmishni toʻgʻri kvalifikatsiya qilish uchun ayb shakli, badanga shikast yetkazish motivi, maqsadi va usuli, aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan oqibat oʻrtasida sababiy bogʻlanish mavjudligi, shuningdek ishning toʻgʻri hal etilishi va aybdorga adolatli jazo belgilanishi uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar batafsil aniqlanishi lozim.