JK 104-moddasi ikkinchi yoki uchinchi qismlari , 105-moddasi ikkinchi qismining ikki va undan ortiq bandlarida, 126¹-moddasi beshinchi , yettinchi yoki sakkizinchi qismlarining ikki va undan ortiq bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlgan holda badanga qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish ushbu bandlarning barchasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday hollarda jazo bir necha kvalifikatsiya belgisi mavjudligi hisobga olingan holda tayinlanishi lozim. Aybdorning harakatlarida JK 104-moddasining ham ikkinchi ham uchinchi qismlarida , 126¹-moddasi ikkinchi — sakkizinchi qismlarida ham nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlgan hollarda, barcha qilmish JK 104-moddasining uchinchi qismi , 126¹-moddasining sakkizinchi qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlib, biroq shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etish toʻgʻrisidagi qarorda va hukmda barcha kvalifikatsiya belgilari koʻrsatilishi shart. Ayblanuvchiga, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi yoki uchinchi qismlari , 105-moddasi ikkinchi qismining ikki va undan ortiq bandlarida, 126¹-moddasi beshinchi , yettinchi yoki sakkizinchi qismlarining ikki va undan ortiq bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlgan holda badanga qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazganligi yuzasidan ayb qoʻyilib, biroq ulardan ayrimlari oʻz tasdigʻini topmasa, hukmning tavsif qismida u yoki bu bandlar boʻyicha ayblov asossiz deb topilganligi toʻgʻrisida motivlar keltirilib, xulosa qilinishining oʻzi yetarli.