Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 10-band. Bezorilik harakatlari davomida aybdor jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan…

Bezorilik harakatlari davomida aybdor jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish (toʻxtatish) chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga faol qarshilik koʻrsatsa, shu jumladan, ularga nisbatan oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish darajasida zoʻrlik ishlatsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan toʻliq qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Agar bezorilik harakatlarini toʻxtatish chorasini koʻrayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish paytida ishlatilgan zoʻrlik natijasida aybdor tomonidan yana boshqa ogʻir jinoyat sodir etilgan boʻlsa, bu hol bezorilik jinoyati tarkibi bilan qamrab olinmaydi. Bezorilik harakatlari tugagandan keyin, shu jumladan, aybdor ushlangandan soʻng koʻrsatilgan qarshilik, bezorilik jinoyatining alomatlariga xos holat deb hisoblanmasligi va bunday holda qilmish jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan mayda bezorilik davomida jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bunday harakatlarni toʻxtatish chorasini koʻrgan fuqaroga nisbatan qarshilik koʻrsatilsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bu holda aybdorning harakatlari, koʻrsatilgan qarshilikning xususiyatiga qarab, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.