Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Agar shaxs bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bir qatorda qonunga xilof…

Agar shaxs bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bir qatorda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK 182 va 223-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, uni bojxona organlariga haqiqiy hujjat sifatida taqdim etgan shaxsning harakati JK 182-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi va qoʻshimcha ravishda JK 228-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish talab qilinmaydi.