Diniy materiallar bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda olib oʻtilgan har bir holatda shaxsning harakatlarini toʻgʻri kvalifikatsiya qilish uchun ularda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparastlik gʻoyalari targʻiboti mavjud yoki mavjud emasligi masalasini aniqlash maqsadida sud-dinshunoslik ekspertizasi tayinlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga koʻra diniy mazmundagi materiallarda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparastlik gʻoyalari targʻiboti mavjudligi aniqlansa, shaxsning harakatlari JK 246-moddasi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.