Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 22-band. Shuni nazarda tutish lozimki, bojxona chegarasi orqali tovarlarni noqonuniy oʻtkazishda…

Shuni nazarda tutish lozimki, bojxona chegarasi orqali tovarlarni noqonuniy oʻtkazishda (JK 182-moddasi ) foydalanilgan transport vositalari (konteynerlar) faqat tovarlar bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib oʻtkazilgan holdagina jinoyat quroli deb topiladi.