Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Quyidagilar, jumladan, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi

Quyidagilar, jumladan, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi: BK 13-moddasida nazarda tutilgan tovarlar va transport vositalari; “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan koʻchar ashyolar; oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari.