Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 19-band. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxsga bolalari uchun tayinlangan pensiya, yordam…

Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxsga bolalari uchun tayinlangan pensiya, yordam puli va boshqa toʻlovlarni, shuningdek shu shaxsning foydasiga voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun undirilgan alimentlarni toʻlash bekor qilinadi. Shu sababli sudlar tomonidan ishlar koʻrib chiqilishida bu masalalar aniqlashtirilishi lozim va ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan soʻng uning nusxasi koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshiradigan tegishli organlarga yoki toʻlovlar toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqargan joydagi sudga yuborilishi kerak.