Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 29-band. Sudda ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ish, bolalarni olish bilan bogʻliq…

Sudda ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ish, bolalarni olish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlar qoʻzgʻatilganda, bolalarning manfaatlari taqozo etsa, alohida hollarda, sudya ishni sud muhokamasida koʻrish uchun tayyorlash bosqichida yoki sud ishni koʻrish vaqtida, hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar, bolalarni javobgardan vaqtincha olib turish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishlari lozim. Bu masalani koʻrish FPK 107-moddasi qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. FPK 267-moddasiga muvofiq sud, zarur hollarda, bolalarni ota-onasidan va boshqa shaxslardan olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga ham yoʻl qoʻyadi.