Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 1-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga binoan har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarining ogʻishmay bajarilishi fuqarolarning ijtimoiy taʼminotga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarining kafolati hisoblanadi.