Qonunning 7-moddasiga muvofiq yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda, ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladi. Pensiya yoshiga yetgan va yetarli miqdorda ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiya Qonunni 37-moddasi birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.