Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 20-band. Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi…

Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi dalillar mavjud boʻlmaganligi sababli mehnat davrining umumiy pensiya yoshini qisqartirgan holda imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi ish stajiga qoʻshilmaganligi bilan bogʻliq nizolarni hal qilish vaqtida, sudlar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi davriyligi qonun hujjatlarida belgilanadigan, biroq besh yilda kamida bir marta ish beruvchi tomonidan oʻtkazilishidan kelib chiqishi lozim boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 352-moddasiga muvofiq ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini taʼminlashi shartligi belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda, sudlar zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilash haqidagi ishlarni koʻrish vaqtida, ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilmaganligi xodimning aybi emasligini inobatga olgan holda, buzilgan huquqni tiklash uchun barcha lozim boʻlgan choralarni koʻrib, shu jumladan, boshqa davrlar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarining attestatsiyasi oʻtkazilganligini tekshirish va uning natijasidan kelib chiqishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, Fuqarolik protsessual kodeksining 74-moddasiga koʻra, guvohlar koʻrsatmalari ishning xarakterini belgilovchi xususiyatlarini (muayyan sharoitdagi ishlar) tasdiqlovchi va muddatidan ilgari yoshga doir pensiya tayinlanishiga taʼsir qiladigan tegishli dalil boʻla olmaydi. Bu holatlar Fuqarolik protsessual kodeksining 71-moddasida koʻrsatilgan oʻzga dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin (masalan, buyruqlar, hisob-kitoblar, naryadlar, mansab vazifalari va h.k.). Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 28 va 29-moddalariga asosan, mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari va mehnat sh