Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 29-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ortiqcha toʻlangan pensiya miqdorini undirish…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ortiqcha toʻlangan pensiya miqdorini undirish haqidagi talablarga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasida belgilangan umumiy uch yillik daʼvo muddati qoʻllaniladi. Shuni nazarda tutish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 153-moddasiga koʻra, daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qarori chiqarilguniga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.