Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda sudlar jinoiy yoʻl bilan topilganini bila turib (baliqlarni, yovvoyi hayvonlarni, parrandalarni, daraxtlarni va hokazolarni) olgan yoki oʻtkazgan shaxslarni aniqlash choralarini koʻrishlari va muayyan holatlardan kelib chiqib, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 171-moddasi alomatlari bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari lozim.