Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 11-band. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni buzish bilan bogʻliq boʻlgan fuqarolik…

Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni buzish bilan bogʻliq boʻlgan fuqarolik, shuningdek, jinoyat ishlari boʻyicha yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrishda sudlar qonun zararni toʻliq hajmda undirishni koʻzda tutishidan kelib chiqishlari shart. Zararni undirish miqdorini kamaytirishga faqat alohida hollarda sud tomonidan aniqlangan javobgar yoki aybdorning mulkiy ahvoliga qarab, jinoyat gʻaraz niyatda sodir etilmagan taqdirda, yoʻl qoʻyiladi va bu holat qabul qilingan qarorda asoslantirilgan boʻlishi shart.