Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 12-band. Amaldagi qonunlarga binoan qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan mahsulot (yovvoyi…

Amaldagi qonunlarga binoan qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan mahsulot (yovvoyi hayvon, parranda, baliq, daraxt, moʻyna va boshqalar) huquqbuzardan olib qoʻyilishi shart. Agar bunday mahsulot huquqbuzardan olib qoʻyilgan va ish sudda koʻrilgunga qadar sotilgan boʻlsa, sud hukmda, qarorda tushgan mablagʻni tegishli tashkilotning hisobiga oʻtkazishni koʻrsatishi zarur. Qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan mahsulotni olib qoʻyish imkoniyati boʻlmasa (huquqbuzar tomonidan foydalanilgan yoki sotilgan, yaroqsiz holga kelgan va hokazolar), sud mahkumdan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsdan yoinki javobgardan uning belgilangan narxlarda hisoblangan qiymatini undirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi lozim.