Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 3-band. Mazkur turkumdagi jinoyat va maʼmuriy ishlarni koʻrishda bevosita jinoyatni va boshqa…

Mazkur turkumdagi jinoyat va maʼmuriy ishlarni koʻrishda bevosita jinoyatni va boshqa huquqbuzarlikni sodir qilgan shaxslar bilan chegaralanib qolmasdan, tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlikda aybdor boʻlgan barcha shaxslar doirasini sinchiklab aniqlash shart. Xususan oʻzlarining harakatsizliklari yoki qonunga xilof harakatlari bilan tabiatga ziyon yetkazgan korxona va tashkilot rahbarlarining aybdorlik darajasini aniqlash va ularni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish masalasini hal qilish zarur. Shu bilan bir qatorda ekologiya nazorati organlarining tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzilishiga olib kelgan harakatsizliklari sabablari ham aniqlashi kerak. Asoslar mavjud boʻlganda bunday organlarning mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilmogʻi lozim.