Korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarning daʼvolari yoki bu tashkilotlarga nisbatan qishloq xoʻjalik mulklariga shikast yetkazish yoxud buzish, meliorativ ishlarni sifatsiz bajarish, sanoat yoki qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish chiqindilari bilan atrof muhitning ifloslanishi natijasida ekinlar va hayvonlarning nobud boʻlishi yoxud tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni boshqacha tarzda buzish oqibatida yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha fuqarolik ishlarini koʻrishda yetkazilgan zarar mansabdor shaxslarning oʻz xizmat vazifalarini suiisteʼmol qilganligi yoinki mansab sovuqqonligi orqasida yetkazilganligi aniqlansa, sudlar ularning javobgarligi masalasini ham hal qilishlari, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 275-moddasiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qilishlari lozim. Agar ekologiya, atrof-muhitni ifloslantirish yoki tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik oqibatida yetkazilgan zarar korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarning mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashlari yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilishlari sababli kelib chiqqan boʻlsa, toʻlangan zararni aybdordan regress tartibida undirish fuqarolik qonunchiligiga koʻra hal etiladi.