Xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etganlik (JK 168-moddasi uchinchi qismi “v” bandi ) uchun javobgarlik shaxs oʻz xizmat mavqeyidan faqat aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish uchun foydalanib, oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish maqsadida oʻz xizmat vakolatlari doirasiga kirmaydigan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirgan hollardagina vujudga keladi.