Sudlarga tushuntirilsinki, firibgarlikda aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish mulkni yoki unga boʻlgan huquqni aybdor mulkdorligi yoki egaligiga ixtiyoriy ravishda beradigan aqli raso shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlishi shart. Aybdor tomonidan, bila turib, aqli noraso shaxsni yoki voqelik mohiyatini anglash qobiliyatiga ega boʻlmagan (masalan, kichik yoshdagi bolaligi (14 yoshga toʻlmaganligi), koʻzi ojizligi, ruhiy jihatdan norasoligi, alkogol, giyohvandlik vositasi, ularning analoglari yoki psixotrop modda taʼsirida ogʻir darajada mastligi tufayli) shaxsni aldash va undan mulkini olish firibgarlik tariqasida emas, balki oʻgʻirlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim, chunki bunday hollarda shaxs mulk uning egaligidan chiqib ketayotganligini anglamaydi.