Ekspertizaga yuborilayotgan materiallarni rasmiylashtirish qoidalarining buzilishi ekspertizani oʻtkazishga toʻsqinlik qilgan taqdirda, ekspertiza muassasasi (uning tarkibiy boʻlinmasi) rahbari ekspertizani tayinlagan sudga yozma tarzda xabar berib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur boʻlgan choralarni koʻrishni talab qilishga haqli. Agar koʻrsatilgan kamchiliklar bir oy ichida bartaraf qilinmasa, muassasa rahbari materiallarni ijrosiz qaytaradi. Ekspertiza ish yurituviga taqdim etilgan materiallar tayinlangan ekspertizani oʻtkazish mazkur muassasada koʻzda tutilmagan, shuningdek muassasa tegishli mutaxassislar yoxud jihozlarga ega boʻlmagan taqdirda ham qaytarilishi mumkin.