Komissiyaviy ekspertiza tarkibi sud yoki shu ekspertiza turini oʻtkazishni tashkil etayotgan sud-ekspertlik muassasasi rahbari tomonidan belgilanadigan bir ixtisosdagi bir nechta (2 tadan kam boʻlmagan) ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Ekspertiza oldiga qoʻyilgan topshiriqni hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda har bir komissiyaviy ekspert tekshiruvni mustaqil va alohida holda olib boradi. Olingan natijalar birgalikda tahlil qilinib, umumiy fikrga kelingach, ekspertlar birgalikda xulosa (yoki xulosa berib boʻlmaslik toʻgʻrisidagi dalolatnoma) tuzadilar va imzolaydilar. Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, komissiya tarkibidagi har bir ekspert kelishilmagan masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.