Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 15-band. Sud tomonidan ilgari koʻrmasdan qoldirilgan takroran berilgan ariza boʻyicha davlat boji…

Sud tomonidan ilgari koʻrmasdan qoldirilgan takroran berilgan ariza boʻyicha davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi. Shu bilan birga, agar ariza koʻrmasdan qoldirilganligi munosabati bilan toʻlangan davlat boji qaytarilishi belgilangan boʻlib, amalda qaytarilmagan boʻlsa, u budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 150-moddasida belgilangan umumiy daʼvo muddati davrida, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining toʻrtinchi qismi). Ushbu qoida ariza, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati qaytarilgan va takroran berilgan hollarga ham tatbiq etiladi.