Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 21-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK 137-moddasida nazarda tutilgan amalda…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK 137-moddasida nazarda tutilgan amalda yoʻqotilgan vaqt uchun haq sud tomonidan ishda mavjud hujjatlar asosida: daʼvogardan — insofsizlik bilan asossiz daʼvo taqdim etilganda yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishiga muntazam qarshilik qilganda; javobgardan — insofsizlik bilan daʼvoga qarshi nizolashganda yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishiga muntazam qarshilik qilganda undirilishi mumkin.