Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 22-band. Umumiy qoidaga koʻra, ish boʻyicha sud xarajatlari nizoda nohaq boʻlib chiqqan tarafdan…

Umumiy qoidaga koʻra, ish boʻyicha sud xarajatlari nizoda nohaq boʻlib chiqqan tarafdan undiriladi. Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga undirish FPK 136 — 141-moddalari bilan tartibga solinadi. Shu sababli, sud (sudya) sud xarajatlarini undirish masalasini muhokama qilib, sud hujjatining asoslantiruvchi qismida tegishli xulosalar qilishi va nafaqat undiruvga boʻlgan huquqni, balki ish boʻyicha taraflardan undirilishi kerak boʻlgan aniq summani belgilab, uni sud hujjatining xulosa qismida koʻrsatishi lozim.