Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 15-band. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning muhim shartlari boʻlib garov narsasi va uning bahosi…

Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning muhim shartlari boʻlib garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddati, shuningdek, garovga qoʻyilgan mulk taraflar (garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi)ning qaysi birida ekanligi ham koʻrsatilishi hisoblanadi (FK 271-moddasi 1-qism ). Agar koʻrsatib oʻtilgan shartlardan hech boʻlmaganda bittasi boʻyicha taraflar oʻzaro kelisha olmagan boʻlsalar, yoxud tegishli shartlar shartnomada qayd etilmagan boʻlsa, garov toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi mumkin emas.