Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 23-band. Qarz shartnomasini tuzishda maʼlum summani qarzga olish haqidagi tilxatda bir vaqtning…

Qarz shartnomasini tuzishda maʼlum summani qarzga olish haqidagi tilxatda bir vaqtning oʻzida qarzni qaytarishni taʼminlash uchun biron-bir koʻchar yoki koʻchmas mulkni garovga qoʻyish haqida koʻrsatilgan hollarda sudlar bunday bitim ishtirokchilarining harakatlariga qonun talab qiladigan shaklga rioya qilmaganligiga nuqtai nazaridan baho berishlari lozim (FK 271-moddasi ). Agar garov toʻgʻrisidagi kelishuvni rasmiylashtirishda qonunda belgilangan tartibga rioya qilinmagan boʻlsa, majburiyat tuzilmagan hisoblanadi, shunga koʻra garovga oluvchi garov narsasini sotish hisobiga oʻz daʼvolarini qanoatlantirishni talab qilishga haqli emas.