Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek, oʻquv yigʻinlarida boʻlgan vaqtda harbiy xizmatga majbur shaxslar harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarning subyekti boʻlishi mumkin.