JKning 282-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini berish uchun oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish bevosita boshliqqa nisbatan jangovar holatda sodir etilishi talab etiladi. Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish deganda, haqiqatda (ogʻzaki, yozma, qurolni namoyish qilish va h.k.) shaxsan boshliqqa yoki oʻzga shaxslar orqali uni oʻldirish yoki sogʻligʻiga shikast yetkazish yoʻli bilan tushunilishi lozim.