Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 50-band. JKning 299-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti — zimmasiga uchish yoki…

JKning 299-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti — zimmasiga uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrishni taʼminlashga oid maxsus vazifa yuklatilgan harbiy xizmatchilar boʻlishlari mumkin. Uchish rahbari, havo kemasining qoʻmondoni, uchuvchi, bort muhandisi, shturman va boshqalar ham javobgarlikka tortilishlari mumkin. Uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzganlik uchun samolyot texniklari, mexaniklar, uchishni taʼminlash xizmatining boshqa shaxslari javobgarlikka tortilishlari mumkin.