Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 20-band. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat boji bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qabul qilingan…

Sudlarga tushuntirilsinki, davlat boji bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan umumiy asoslarda shikoyat (protest) berilishi mumkin. Bunday shikoyatlar uchun davlat boji toʻlanmaydi. Sud hujjatining faqatgina davlat bojiga oid qismi shikoyat qilingan taqdirda, davlat boji toʻlanmaydi. Bunda sudlarning eʼtibori apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha nizolashilayotgan sud hujjatining davlat bojidan tashqari qismi oʻzgartirilgan yoki bekor qilinganda, davlat bojini undirish masalasi IPKda nazarda tutilgan umumiy tartibda hal qilinishiga qaratilsin. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari sud hujjatining bir qismiga nisbatan berilganda davlat boji sud hujjatining nizolashilayotgan qismidan kelib chiqib hisoblanadi. 20¹. Sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun quyi sudga yuborilganida, davlat bojini taqsimlash masalasi ishni yangidan koʻrayotgan sud tomonidan toʻlangan davlat boji va daʼvo talablarining qanoatlantirilgan miqdori hisobga olingan holda hal etiladi.