Sudya mahkum, uning qonuniy vakili, advokat jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisida JK 73 , 74 , 89 va 90-moddalarida koʻrsatilgan muddatlar qismi haqiqatda oʻtalmasdan turib iltimosnoma bilan murojaat etganligini aniqlaganda, iltimosnomani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va uni ariza egasiga qaytaradi. Mazkur shaxslar jazo muddatining qonunda belgilangan qismi mahkum tomonidan oʻtalgandan soʻng qayta iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqlidirlar.