Sud ajrimi qonuniy boʻlishi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma (iltimosnoma)ni koʻrib chiqish natijasida sud chiqargan xulosalar batafsil asoslab berilgan boʻlishi shart. Taqdimnoma (iltimosnoma) rad etilganda sud ajrimida jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish imkoniyatini istisno etuvchi faktik holatlar aniq koʻrsatilgan boʻlishi shart. Bunday holatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosalar sud majlisida tekshirilmagan maʼlumotlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas.