JK 75-moddasining beshinchi qismiga muvofiq axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtash davrida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki pensiya yoshiga yetgan shaxslar, shuningdek, bunday jazoni oʻtash davrida homiladorlik va tugʻish uchun taʼtil berilgan ayollar jazodan ozod etiladilar. Mahkumni mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma jazoni ijro etuvchi organ tomonidan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining xulosasi asosida, jazoni oʻtash davrida homiladorlik va tugʻish uchun taʼtil berilgan ayollarni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma esa, bunday taʼtil berilishi uchun huquq beruvchi tibbiy hujjat asosida kiritiladi,