Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Tushuntirilsinki, sud zarurat tugʻilganda, hukm chiqarish paytida yoʻl qoʻyilgan har…

Tushuntirilsinki, sud zarurat tugʻilganda, hukm chiqarish paytida yoʻl qoʻyilgan har qanday shubha va noaniqliklarni JPK 542-moddasi tartibida hukm mohiyatini oʻzgartirmagan va mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda hal etishga haqli. Bunday masalalarga, jumladan quyidagilar kiradi: 1) hukm chiqarilgunga qadar eʼlon qilinib, jazodan ozod qilishni yoki jazoni qisqartirishni (kamaytirishni) nazarda tutuvchi amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi, agar sud hukm chiqarish paytida mazkur masala muhokamasiga kirishmagan boʻlsa; 2) ehtiyot chorasini bekor qilish toʻgʻrisidagi, agar sudlanuvchi oqlangan yoki u jazodan ozod qilinib, sudning hukmida ehtiyot chorasini bekor qilish koʻrsatilmagan boʻlsa; 3) surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan hukmning fuqaroviy daʼvoga oid qismi ijrosini taʼminlash uchun (JPK 290-moddasi birinchi qismi ) qoʻllanilgan mol-mulkni xatlash chorasini bekor qilish toʻgʻrisidagi, agar oqlov hukmi chiqarilganda yoki daʼvo rad etilganda bu choralar hukmda bekor qilinmagan boʻlsa; 4) ushlab turish, dastlabki qamoq, uy qamogʻi vaqtini jazoni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi, agar sud hukmida bunday hisoblash amalga oshirilmagan yoki uni hisoblashda noaniqlikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; 5) bir necha hukm majmui boʻyicha jazo tayinlashda oʻtalgan jazoni qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi, agar bunday hisob sud hukmida amalga oshirilmagan yoki noaniq hisoblangan boʻlsa; 6) ashyoviy dalillar taqdiri, shu jumladan, jinoyat qurollarini musodara qilish toʻgʻrisidagi, agar bu hukmda yoki amnistiya aktini qoʻllash haqidagi sud ajrimida hal etilmagan boʻlsa; 7) sud xarajatlari miqdorini aniqlash va ularni taqsimlash toʻgʻrisidagi, agar bu masalalar sud hukmida oʻz yechimini topmagan boʻlsa; 8) sud tomonidan tayinlangan advokat mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi, agar bu masala hukm chiqarish bilan bir vaqtda hal etilmagan boʻlsa; 9) ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan shaxsning qarovsiz va yordamchisiz qolgan voyaga yetmagan bolala