JPK 528-moddasiga muvofiq, sud hukmi apellyatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan muddat oʻtgandan soʻng, apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan hollarda esa, ish yuqori turuvchi sud tomonidan koʻrilgan kuni qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs uni JPK 497¹⁰-moddasiga asosan chaqirib olgan hollarda, basharti boshqa shaxslar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati yoki prokuror protesti boʻlmasa, hukm JPK 528-moddasining ikkinchi qismi qoidasiga koʻra, apellyatsiya ish yurituvi tugatilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kuni qonuniy kuchga kirgan hisoblanadi. Mustaqil ravishda shikoyat berilmaydigan sud ajrimlari darhol qonuniy kuchga kiradi va ijroga qaratiladi (JPK 530-moddasi ikkinchi qismi ). Ularning qonuniyligi va asosliligiga yuqori instansiya sudi tomonidan ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha baho beriladi.