Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquqlarini amalga oshirishga va majburiyatlarini bajarishga zarur sharoit yaratib berishi shart. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida ishning muhokamasi, JPK 483 , 497¹⁷ va 509⁷-moddalarida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida olib boriladi.