Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 22-band. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari, agar chiqarilgan hukm JPK 455-moddasi…

Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari, agar chiqarilgan hukm JPK 455-moddasi talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni oʻzgarishsiz qoldiradi. Hukm oʻzgarishsiz qoldirilganida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari quyidagilarga haqli: JPK 533-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida koʻrsatilgan asos mavjud boʻlganda, hukmning ijrosini kechiktirishga; amnistiya aktini qoʻllashga. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan quyi instansiyasi sudi hukmi, ajrimining tavsif yoki qaror qismiga oʻzgartirish kiritilganda ham, basharti bu ayblov hajmi, qilmishning kvalifikatsiyasi, tayinlangan jazo turi va miqdori oʻzgarishiga olib kelmasa, sud qarorlari oʻzgarishsiz qoldiriladi.