Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. JPK 420-moddasiga muvofiq, koʻrilishi boshlangan jinoyat ishi quyidagi hollarda…

JPK 420-moddasiga muvofiq, koʻrilishi boshlangan jinoyat ishi quyidagi hollarda toʻxtatilishi mumkin: sudlanuvchi suddan yashirinsa; sudlanuvchi sud majlisiga kelishiga imkoniyat bermaydigan ruhiy yoki boshqa ogʻir kasallikka chalinganda; sud tomonidan prokurorga JPK 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qoʻshimcha protsessual harakatlar amalga oshirilishini topshirish haqida ajrim chiqarilsa. JPK 420-moddasida nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib, sud ishni biror sudlanuvchiga nisbatan yoki butunlay toʻxtatishi mumkin.