Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 19-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JPK 262-moddasining birinchi qismiga muvofiq…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JPK 262-moddasining birinchi qismiga muvofiq, guvoh sudga kelishdan uzrli sabablarsiz bosh tortganda, u majburiy keltirilishi mumkin. Jumladan, quyidagilar guvohning sudga kelmasligiga uzrli sabablar deb tan olinishi mumkin: uni sudga kelish imkoniyatidan mahrum etuvchi kasallikka chalinganda; oila aʼzosi kasallikka chalinib, uni parvarishlashni boshqa birovga topshirishning imkoni boʻlmaganda; chaqiruv qogʻozi unga oʻz vaqtida topshirilmaganda; tabiiy ofat oqibatida kelishning iloji boʻlmaganda; guvohning sudga belgilangan muddatda kelishiga toʻsqinlik qilgan boshqa obyektiv sabablar boʻlganda.