JPK 406-moddasiga muvofiq, har bir jinoyat ishi aynan bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, vakolat muddati yakunlangani, boshqa sudyalik lavozimiga yoki boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan sudyaning (shu jumladan, xalq maslahatchisining) vakolatlari tugagan taqdirda, koʻrilishi tugallanmagan ish sudning boshqa tarkibida boshidan koʻrib chiqilishi lozim.