JPK 396-moddasiga muvofiq, jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida sudya har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi shart: ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi; ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi; surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida JPK talablariga rioya qilinganmi; ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganmi; jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi; ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi JPK talablariga muvofiq tuzilganmi; dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi. Sudya, shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan jinoyat ishi xolisona, oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilinishini taʼminlash maqsadida ushbu masalalar boʻyicha qonunda nazarda tutilgan protsessual qarorlar qabul qilinishi va harakatlar bajarilishiga zarurat bor-yoʻqligini aniqlaydi.