Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida 20-band. Kassatsiya bosqich sudlari Jinoyat-protsessual kodeksining 487-moddasida koʻrsatilgan…

Kassatsiya bosqich sudlari Jinoyat-protsessual kodeksining 487-moddasida koʻrsatilgan hukmni bekor qilinishiga sabab boʻladigan jiddiy qonun buzilishlarini aniqlasa, bu qonun buzilishlari ish boʻyicha oʻtayotgan shaxslarning qaysi biriga taalluqliligidan, yaʼni ularga nisbatan shikoyat yoki protest mavjud yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, hukm barchasiga nisbatan bekor qilinishi lozim.