Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida 27-band. Yuqori bosqich sudi surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar tomonidan jinoyat…

Yuqori bosqich sudi surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar tomonidan jinoyat sudlov ishlarini yurgizishda jabrlanuvchining ishtirokini tartibga soluvchi qonunlarga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishi, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini eʼtiborsiz qoldirmasligi lozim. Jabrlanuvchini protsessual huquqlaridan mahrum qilish yoki ularni cheklash ishning har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrilishiga xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli sud qarori chiqarilishiga taʼsir qilgan boʻlsa, bu holat sud qarorining bekor qilinishiga sabab boʻluvchi jiddiy qonun buzilishi deb baholanishi mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining 487-moddasi ).