Ishning koʻrilishini boshqa kunga qoldirishga faqat uzrli sabablar boʻlganda yoʻl qoʻyiladi. Protsess ishtirokchisi boʻlgan shaxslar, oʻz vaqtida va tegishli tartibda ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, sudga kelmasalar va kelmaslik sabablari uzrli ekanligi haqida biron-bir tarzda maʼlum qilmagan boʻlsalar, ishni ularning ishtirokisiz koʻrish masalasi hal qilinib, bu haqdagi sudning ajrimi sud majlisi bayonnomasida koʻrsatilishi lozim.