Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 45-band. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek surishtiruv…

JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlagan taqdirda, nazorat instansiyasi sudi xususiy ajrim (qaror) chiqarish yoʻli bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning eʼtiborini bunga jalb etadi. Sud qarori oʻzgarishsiz qoldirilganda, nazorat instansiyasi sudi uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga oluvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.