Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. JPK 76-moddasiga muvofiq shikoyat, shuningdek, talab qilib olingan yoki shikoyat…

JPK 76-moddasiga muvofiq shikoyat, shuningdek, talab qilib olingan yoki shikoyat (protest) bilan kelib tushgan jinoyat ishi mazkur ishni koʻrishda muqaddam ishtirok etmagan sudya tomonidan oʻrganib chiqilishi lozim. Shikoyat (protest) yoki jinoyat ishi mazkur ishni koʻrishda muqaddam ishtirok etgan sudyaga tayinlangan holda, u JPK 80-moddasiga muvofiq oʻzini oʻzi rad etishi shart. Ishni nazorat instansiyasida koʻrishda ishtirok etgan sudya, basharti nazorat instansiyasida uning ishtirokida chiqarilgan ajrim bekor qilinmagan boʻlsa, shu ishni boshqa mahkumga (oqlangan shaxsga) nisbatan koʻrishda ishtirok etishi mumkin.