Boshqa mahkumlar bilan solidar javobgar boʻlgan shaxsga nisbatan hukm bekor qilinib, ish yangitdan sudda koʻrish uchun yuborilganda, umumiy mulkiy ziyonni qoplash hukmi oʻzgarishsiz qoldirilgan mahkumlar zimmasiga yuklatiladi. Agar ishning shu qismini yangitdan koʻrishda ayblov hukmi chiqarilsa, mulkiy ziyonni mazkur ish boʻyicha muqaddam sudlanganlar bilan solidar qoplash majburiyati sudlanuvchi zimmasiga, faqat u oʻsha mahkumlar bilan ishtirokchilikda sodir etgan jinoyat epizodlari boʻyicha yuklatilishi mumkin.