Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 21-band. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi…

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikning sudlar tomonidan aniq qoʻllanishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish chorasini koʻrishlari lozim.