Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoxud psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni (bundan buyon matnda kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar deb yuritiladi) qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlarini koʻrib chiqishda, sudlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlari bilan bir qatorda quyidagilarga amal qilishlari lozim: Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga ; Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga ; Yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati litsenziyalanishi shart boʻlgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga 1-ilova ); Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori bilan tasdiqlangan quyidagi roʻyxatlarga: Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (I roʻyxat); Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (II roʻyxat); Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan psixotrop moddalarning roʻyxati (III roʻyxat); Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan prekursorlarning roʻyxati (IV roʻyxat).